Jamiyat
16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–22-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, mahallani rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrnini yaratish;
- mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirib, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish.
2026/2027 oʻquv yilidan 7 ta hududda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab oʻquvchilarini zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish va hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish Kasblarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111274
Jamiyat
94563
Jamiyat
90519
Jamiyat
74769
Jamiyat
//
Izoh yo‘q