O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega olima ayollar soni qancha?

Saqlash
16:31 / 16.02.2026 61 0

Hozirgi paytda O‘zbekistonda 5 182 nafar ayol falsafa doktori (PhD) hisoblanadi. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni esa 783 nafarni tashkil etadi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yil holatiga ko‘ra, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar 14 944 nafar bo‘lib, shundan ayollarning ulushi 34,7 foizdir. Shuningdek, 2 757 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlarning 28,4 foiz ulushi ayollar hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

Ta’kidlanishicha, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish Strategiyasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan ayollarning sonini oshirish uchun maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Bunda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan ayollar sonini 2027-yilda 2850 nafarga, 2030-yilda 3700 nafarga yetkazish, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan ayollar sonini esa 2027-yilda 950 nafarga, 2030-yilgacha mavjud raqamlarni qariyb ikki barobarga oshirish, ya’ni 1400 nafarga yetkazish maqsad qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//