Jamiyat
O‘zgidromet 20-fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi +15– +20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
18–20-fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo +20– +25 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat +7– +12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlar 16–18-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +17– +19 daraja iliq bo‘ladi.
17-fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +15– +17 daraja iliq bo‘ladi.
18–20-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +9– +12 daraja iliq, kunduz kunlari +22– +25 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Sport
111257
Jamiyat
94561
Jamiyat
90511
Jamiyat
74747
Jamiyat
//
Izoh yo‘q