Jamiyat
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1 159 nafarni tashkil etgan.
Xabarda yozilishicha, ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1,9 baravarga, 2023-yilga nisbatan esa 2,5 baravarga kamaygan.
Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (60,2 foiz), Toshkent viloyatiga (23,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga
(8,7 foiz) to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, hududlar orasida aholi sonining ko‘pligi bo‘yicha Toshkent shahri 6-o‘rin, Toshkent viloyati 7-o‘rinda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11-o‘rinda turadi.
Ma’lumotda 2025-yilda ko‘chib kelganlarning qaysi mamlakatlarga mansubligi aytilmagan.
Ta’kidlash lozim, 2024-yilda doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 36,5 foizi Rossiya Federatsiyasi, 24,2 foizi Qozog‘iston, 10,8 foizi Tojikiston, 6,9 foizi Qirg‘iziston, 2,5 foizi Turkmaniston va 19,1 foizi boshqa respublikalarga mansub bo‘lgan.
Ushbu yilda doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 61,5 foizi Toshkent shahriga, 8,2 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 18,3 foizi Toshkent viloyatiga, 4,6 foizi Farg‘ona viloyatiga va 7,4 foizi boshqa viloyatlarga to‘g‘ri kelgan.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90846
Jamiyat
75643
Jamiyat
//
Izoh yo‘q