Jahon
Britaniya muzeyi “Tyudorlar yuragi” taqinchogʻini sotib olish uchun toʻrt oy ichida 3,5 million funt sterling (taxminan 4,78 million dollar) yigʻdi. Bu haqda Museums Association nashri xabar berdi.
Oltin taqinchoq Uorikshirda 2019-yil topilgan. Uni qirol Genrix VIII ning aragonlik (Ispaniya) malika Ketrin bilan nikohiga bogʻlashadi. Tumorda Tyudorlar ramzi boʻlgan atirgul va qirolicha Ketrinni ifodalovchi anor tasvirlangan.
45 mingdan ortiq kishi jami 380 ming funt sterling xayriya qildi. Yirik xayriyalarni esa turli fondlar amalga oshirdi.
Genrix VIII ning aragonlik Ketrin bilan nikohi monarxning oltita turmushi ichida eng uzoq davom etgani edi. Oʻsha davrga va ularning nikohiga oid deyarli hech qanday artefakt saqlanib qolmagan. Olimlarning fikriga koʻra, taqinchoq 1518-yil Genrix VIII va Ketrinning kichik qizi fransiyalik Dofinga unashtirilgani sharafiga oʻtkazilgan turnir munosabati bilan tayyorlangan.
Endi bitim tugallangandan soʻng “Tyudorlar yuragi” tumori Britaniya muzeyining doimiy kolleksiyasiga qoʻshiladi.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
111215
Jamiyat
94551
Jamiyat
90500
Jamiyat
74698
Jamiyat
//
Izoh yo‘q