Jamiyat
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya bo‘yicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shug‘ullanishi belgilandi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili bo‘ladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.
Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan ta’minlashi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.
“Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim”, – deya Prezident dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
111189
Jamiyat
94544
Jamiyat
90496
Jamiyat
74673
Jamiyat
//
Izoh yo‘q