Siyosat
O‘tgan yili xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 2,5 milliard dollarlik shartnomalarda mahalliy kompaniyalarning ulushi bor-yo‘g‘i 15 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Prezident tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd etib o‘tdi.
Davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushi 68 foizga yetgan bo‘lsa, Olmaliq kombinati, “O‘ztransgaz”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Uzbekistan Airports” va “O‘zbekiston havo yo‘llari”da 40 foizga ham yetmaydi.
Prezident shuningdek, tadbirkorlar “davlat xaridi, ekspertiza, sertifikat olishda byurokratiya ko‘p, idorama-idora yurish kerak” deb aytayotgani, ayrim vazirlar va tarmoq rahbarlari “chet elniki sifatliroq” degan eskicha fikrda yurib, mahalliy tadbirkorlarga yo‘l bermayotganini qayd etdi.
Bu tizimni tubdan isloh qilish, mahalliy korxonalarni xalqaro moliya institutlari loyihalari va davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etildi.
Endi vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar har bir loyihadagi muzokara, tender, qurilish, xomashyo topishni barcha bosqichida mahalliy ulushni ko‘paytirishga shaxsan javob berishi qayd etildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
111188
Jamiyat
94544
Jamiyat
90496
Jamiyat
74673
Jamiyat
//
Izoh yo‘q