2025-yilda YaIM hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshgan

Saqlash
14:46 / 13.02.2026 32 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

 

Unda o‘tgan yili mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshgani qayd etildi.

 

Iqtisodiyotga ilg‘or, energiya tejamkor texnologiya olib kirilayotgani, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalar ko‘paytirilayotgani natijasida bir yil ichida bir dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi, iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘pi xizmatlar hisobidan ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligida gektaridan o‘rtacha daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga ko‘paydi. Mehnat unumdorligi 4,7 foizga oshdi. 

 

“Bularning barchasi iqtisodiyotimiz yangi sifat bosqichiga o‘tayotganidan dalolat. Biz 2026-yilda 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik. Bu geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlar hisobga olib qilingan ehtiyotkor prognoz”, – dedi Prezidentimiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//