Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Saqlash
11:59 / 13.02.2026 17 0

O‘zgidromet dam olish kunlari Respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlari haqida xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, 14 fevral - shanba kuni kunduzi va 15 fevral - yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarilib, yakshanba kuni 17-22 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtda shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin 17-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

 

Harorat asosan kechalari 6-9 daraja iliq bo‘lib, shamol 3-8 m/s telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//