Ilm-fan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, 2026-2027 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf oʻquvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi, tuman darajasidagi gʻoliblarga 5 mln soʻmgacha, viloyat darajasida – 10 mln soʻmgacha miqdorda mukofot beriladi. Loyihalar taqdimoti har chorakda oʻquvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga koʻrsatiladi. Marketpleyslar bilan hamkorlik oʻrnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilish tizimi joriy etiladi. Davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar boʻyicha:
- kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;
- har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) oʻtkazadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111610
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75104
Jamiyat
//
Izoh yo‘q