Angela Merkel GFR prezidentligiga nomzodini qoʻymaydi

Saqlash
09:51 / 13.02.2026 35 0

Germaniya federal respublikasining sobiq kansleri Angela Merkel prezidentlikka nomzodini qoʻyishi niyatida emasligini aytib, tarqalgan taxminlarni rad etdi. Uning prezident boʻlish istagi haqida avvalroq Bild nashri xabar bergan edi.

 

“U Germaniyani 16 yil davomida boshqardi. U kansler sifatida mamlakatdagi eng mashhur siyosatchilardan boʻlgan”, deya Merkelning 2021-yildagi saylovlarda ishtirok etmagani, uzoq muddat nafaqada boʻlgani, biroq qisqa muddatda bu nafaqa tugab, yangi siyosiy lavozimga uning nomzodi ilgari surilishi haqida yozilgan.

 

Merkelning matbuot kotibi maʼlum qilishicha, bunday taxminlar asosga ega emas. U prezident lavozimiga nomzodini qoʻyish uchun tayyor ham emas.

 

Avvalroq sobiq u kansler lavozimdan ketganidan buyon ilk bor SDU partiyasi konferensiyasida ishtirok etgani, bu kutilmagan holat boʻlgani haqida maʼlum qilingan.

 

Maʼlumot uchun, amaldagi prezident Frank Valter Shtaynmayerning ikkinchi muddati 2027-yilning 18-martida tugaydi va u qayta saylanishi mumkin emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//