Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bundan asosiy maqsad – xalqimizning fidokorona mehnati va yurtimizdagi tub oʻzgarishlar, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni badiiy va taʼsirchan asarlar orqali keng yoritish, isteʼdodli ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlashdir.

Memorandum doirasida:
– Har bir hududdagi yangilanishlar haqida alohida kitoblar tayyorlanadi
– Tasviriy sanʼat asarlari yaratilib, eng sara ishlar katalogi nashr etiladi
– Eng yaxshi badiiy asar mualliflari munosib ragʻbatlantiriladi
Mazkur tashabbus mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan Oʻzbekistondagi yangilanish va taraqqiyot jarayonlarini badiiy ifoda orqali keng targʻib etish, mahalla institutining jamiyatdagi oʻrnini yanada mustahkamlash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik, shukronalik va islohotlarga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
112042
Jamiyat
94729
Jamiyat
90743
Jamiyat
75553
Jamiyat
//
Izoh yo‘q