Jamiyat
11-15-fevral kunlari Birlashgan arab amirliklari poytaxti Abu-Dabida nufuzli CSI5 xalqaro ot sporti musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Bu turnir dunyo miqyosidagi eng yuksak musobaqalar qatoriga kiradi hamda eng kuchli chavandozlar va elita otlarni bir maydonga jamlaydi.
Musobaqa oldidan Oʻzbekiston terma jamoasi otlari majburiy vet-chekdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu ularning yuqori darajadagi tayyorgarligi va mukammal sogʻligʻini tasdiqlab, musobaqalarda xavfsizlik va halollikni kafolatlaydi.
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2 musobaqasida Al-Khail Square Cup yoʻnalishida birinchi oʻrinni egalladi. 130 sm balandlikdagi toʻsiqlarda u oʻzining aniqligi, tezligi va yuqori sport mahorati bilan 60 dan ortiq kuchli raqiblarni ortda qoldirdi.
Germaniya, AQSH, Italiya, Braziliya, Gretsiya va boshqa davlatlardan kelgan yetakchi chavandozlar ishtirokidagi musobaqada erishilgan ushbu gʻalaba Oʻzbekiston ot sportining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111610
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75104
Jamiyat
//
Izoh yo‘q