Jamiyat
Oʻzbekistonda zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga yordam koʻrsatish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy xizmatlar zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar va ularning oilalari uchun himoya qilish rejasiga muvofiq koʻrsatiladi.
Ijtimoiy xavfli holatdagi bolalar va ularning oilalariga yordam individual integratsiya rejasiga asoslanadi.
Himoyaga muhtoj bolalar uchun:
6 oygacha boʻlgan muddatga qisqa muddatli ijtimoiy xizmatlar;
1 yilgacha boʻlgan muddatga uzoq muddatli ijtimoiy xizmatlar;
1 yilgacha boʻlgan muddatga tun-u kun koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar taqdim etiladi.
Shu toifadagi fuqarolarga “Mehrli oila” xizmati tashkil qilinadi.
Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish istagini bildirgan YTT yoki yuridik shaxslar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining (“Ijtimoiy himoya” AT) shu turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchilar yagona reyestriga kiritilishi lozim.
Bunda talabgorlar tomonidan soʻrovnoma toʻldiriladi. 10 ish kuni ichida soʻrovnomaning quyidagilarga muvofiqligi koʻrib chiqiladi:
– talabgorda kamida 2 nafar psixoijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarning mavjudligi va ularning kamida 1-yillik ish stajiga ega boʻlishi hamda sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomaning boʻlishi;
– bino va inshootlarda sanitariya holati taʼminlanganligi.
Soʻrovnoma tasdiqlanganidan soʻng talabgor yagona reyestrga kiritiladi va shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111610
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75104
Jamiyat
//
Izoh yo‘q