Jamiyat
2-fevral kuni 15 million oʻzbekistonlikning shaxsiga oid maʻlumotlar sizib chiqqani haqida xabar tarqalgan edi. Raqamli texnologiyalar vazirligida oʻtayotgan matbuot anjumanida bu kiberxujum tafsilotlari va uning oqibatlariga izoh berildi.
Vazir Sherzod Shermatovning maʻlum qilishicha, 2026-yil 27-30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar boʻlgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingtaga yaqin shaxsiy maʻlumotlar tarqalgan. Bunda 60 ming kishi emas, 60 mingta maʻlumot birliklari nazarda tutilmoqda. Bu birliklar fuqarolarning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi maʻlumotlardan iborat.
Vazirga koʻra, kiberxujumni bartaraf qilish maqsadida tezkorlik bilan axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek qoʻyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan.
Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilib, shaxsiy matlumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan.
Taʻkidlanishicha, firibgar bu maʻlumotlarni qoʻlga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan maʻlumotlar toʻplamini koʻlga kiritish uchun navbatdagi xurujni amala oshiradi.
Shu bilan birga, qoʻlga kiritilgan ushbu maʻlumotlar toʻplami keyinchalik firibgarlarga aldov uchun vosita sifatida foydalanish imkonini beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
111172
Jamiyat
94535
Jamiyat
90486
Jamiyat
74647
Jamiyat
//
Izoh yo‘q