Ertaga ayrim hududlarga tuman tushadi

Saqlash
13:57 / 12.02.2026 33 0

“Oʻzgidromet” 13-fevral uchun ob-havo maʻlumotini eʻlon qildi

 

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, Ustyurtda 10-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq , choʻl hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʻzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//