Jamiyat
Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Mirakbar Xojikbarovich Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi.
Yuridik fanlari doktori, Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan yurist, professor Mirakbar Rahmonqulov 1952-yil 5-oktyabrda tugʻilgan.
Faoliyati davomida u Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, davlat maslahatchisi sifatida ishlagan.
2024-yilning noyabrida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan senator etib tayinlangan.
Rahmonqulov 1998-yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002-yilda esa “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111844
Jamiyat
94677
Jamiyat
90673
Jamiyat
75343
Jamiyat
//
Izoh yo‘q