Ilm-fan
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va ragʻbatlantirish tartibini belgilaydigan nizom loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatga koʻra, milliy reytingni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi yuritadi.
Nizomda reytingning asosiy maqsadlari sifatida taʼlim tashkilotlari oʻrtasida shaffof raqobat muhitini shakllantirish, taʼlim xizmatlari sifati va mehnat bozori talablari uygʻunligini kuchaytirish, taʼlim tashkilotlarining nufuzini oshirish hamda maʼlumotlarga asoslangan boshqaruvni rivojlantirish belgilangan.
Loyihaga muvofiq, milliy reyting obyekti – bitiruvchilari mavjud boʻlgan oʻrta maxsus va davlat kasbiy taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga, harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlari, ayrim xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar, shuningdek, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari boʻyicha milliy reyting yuritilmasligi qayd etilgan.
Maʼlumotlar bazasi hisobot yili yakunlari boʻyicha har yili 30-iyun holatiga shakllantiriladi. Bunda maʼlumotlar maxsus platforma orqali tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari, taʼlim tashkilotlari yuklaydigan hujjatlar hamda umummilliy soʻrovnoma natijalari asosida jamlanadi. Taʼlim tashkilotlari ayrim tasdiqlovchi hujjatlarni maxsus platformaga 1-iyuldan 15-iyulga qadar yuklaydi va hujjatlarning haqqoniyligi uchun tashkilot rahbari shaxsan javobgar boʻlishi belgilangan.
Reyting natijalari mezonlar boʻyicha yigʻilgan umumiy ballar asosida shakllantiriladi: har bir indikator boʻyicha eng yuqori natijaga erishgan tashkilot maksimal ball oladi, qolganlari esa proporsional tarzda hisoblanadi. Natijalar har yili 10-oktyabrga qadar agentlikning rasmiy veb-sayti va OAV orqali eʼlon qilinadi.
Shuningdek, taʼlim tashkiloti reyting natijalari eʼlon qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida maxsus platforma orqali elektron tarzda murojaat kiritish huquqiga ega. Murojaatlar 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ragʻbatlantirish mexanizmiga koʻra, milliy reytingda eng yuqori oʻrinni egallagan 50 ta kasbiy taʼlim tashkilotining har biri davlat byudjeti hisobidan BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi. Ajratilgan mablagʻlarning 80 foizi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, 20 foizi esa rahbar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, malaka oshirish va tajriba almashish xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin. Reyting boʻyicha ragʻbatlantirilgan kasbiy taʼlim tashkilotlariga keyingi ikki yil mobaynida milliy reytingda ishtirok etishda tanaffus berilishi ham nazarda tutilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111163
Jamiyat
94534
Jamiyat
90483
Jamiyat
74643
Jamiyat
//
Izoh yo‘q