Jamiyat
Pokistonda oʻtkazilgan nufuzli IX “Jamoa ruhi” xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari eng yuqori natijani qayd etib, 97,3 foiz koʻrsatkich bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Malayziya (82,1 foiz), uchinchi oʻrinni esa AQSh (76,4 foiz) egalladi.
Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa ishtirok etgan. Shartlarga koʻra, ishtirokchilar 90 kilometr masofani bosib oʻtish asnosida 31 marta turli murakkab toʻsiqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarishi lozim boʻlgan. Oʻzbekiston jamoasi mazkur masofani 33 soat-u 34 daqiqada yakunlagan.
Shuningdek, harbiylar 80 kilogramm vazndagi “yarador”ni 5 km masofaga tashish boʻyicha 27 daqiqalik mutlaq rekord oʻrnatgani qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112249
Jamiyat
94929
Jamiyat
91032
Jamiyat
75804
Jamiyat
//
Izoh yo‘q