Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda tarbiya yo‘nalishida amalga oshiriladigan “Yo‘l xarita” tasdiqlandi. Undagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilar deb belgilandi:
➖ maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tizimlarida yagona milliy tarbiyaning yaxlit tizimi yaratiladi;
➖ har dushanba kuni barcha ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darsi o‘tkaziladi hamda dars ssenariylari asosida tayyorlangan" kontentlar “millitarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtiriladi;
➖ dastur doirasida O‘zbekistonning Milliy tarbiya modeli ishlab chiqiladi;
➖ har yili ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglar o‘rtasida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi;
➖ har yili 1-sentyabrga qadar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejalari tasdiqlanadi;
➖ “Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichli “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi tashkil etiladi.
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111151
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74630
Jamiyat
//
Izoh yo‘q