Ilm-fan
Poytaxtimizda 11-fevral – Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda TWAS – Jahon fanlar akademiyasi hamkorligida “SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olimalari ilmiy anjumani tashkil etildi.
Tadbirda davlat boshqaruvi organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar va oliy ta’lim tizimi vakillari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin olima ayollar ishtirok etdi.
.jpg)
Anjumanni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ochib berdi.
.jpg)
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi direktori Kanokpan Lao-Araya, TWAS vitse-prezidenti Sabah Almomin Markaziy Osiyoda ayol olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish borasida to‘xtalib o‘tdi.
.jpg)
Tadbir mintaqada ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayol olimalarni birlashtirish, ularning salohiyatini oshirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Anjuman doirasida ayollarning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi, mintaqaviy va global hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Anjuman doirasida “Mo‘tabar ayol – 2025” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash hamda “Olima ayol – 2025” milliy grant tanlovi g‘olibalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
.jpg)
Ilmiy dastur doirasida biologiya va tibbiyot, ekologiya va iqlim, matematika, muhandislik va fizika kabi yo‘nalishlarda uchta ilmiy sessiya o‘tkazilib, biotexnologiya, barqaror rivojlanish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va muhandislik sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
.jpg)
Forum ishtirokchilari “SheSCIENCE 2026” tadbiri Markaziy Osiyoda ayol olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash, yoshlarni ilm-fanga jalb etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim platforma ekanini ta’kidladilar.
Anjuman davom etmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111150
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74629
Jamiyat
//
Izoh yo‘q