Jamiyat
O‘zbekiston davlat bog‘chalarida tarbiyalanuvchilar 2026-yil fevral oyi oxirigacha bepul emlanadi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi.
Aytilishicha, 520 ming doza grippga qarshi vaksinalar davlat tomonidan xarid qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarini emlash uchun hududlarga tarqatildi.
Bolalar, xususan, maktabgacha yoshdagilar grippga nisbatan eng himoyasiz qatlam hisoblanadi. Ular jamoada ko‘p bo‘lgani sababli virus tez yuqadi. Fevral oyida emlash bolalarni pnevmoniya, bronxit, otit kabi og‘ir asoratlardan himoya qiladi, shuningdek, bog‘chalarda ommaviy kasallanishning oldini oladi.
Shuningdek, gripp viruslari fevral–mart oylarida ham faol tarqalishi, emlashdan so‘ng 10–14 kun ichida organizmda immunitet shakllanib, bola mavsum oxirigacha himoyalanishi ta’kidlandi.
Emlash jarayonida bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda sog‘lom bolalar grippga qarshi emlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94857
Jamiyat
90929
Jamiyat
75713
Jamiyat
//
Izoh yo‘q