Taniqli adabiyotshunos Hotam Umurov 84 yoshida vafot etdi

Saqlash
11:48 / 11.02.2026 31 0

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, taniqli adabiyotshunos Hotam Umurov 84 yoshida olamdan o‘tdi.

 

Hotam Umurov 1942-yil 10-yanvarda Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. U 1971-yildan 1993-yilgacha Samarqand davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent, o‘zbek filologiyasi va chet tillar fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritdi. Olim 1984-yili “Psixologizm muammosi va o‘zbek romani” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1986-yilda professorlik unvoniga erishdi.

 

Olim tomonidan e‘lon qilingan uch yuzga yaqin ilmiy ishlarida adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidchilikning dolzarb masalalari tadqiq etilgan.

 

1982-yilda unga “O‘zbekiston xalq maorifi a‘lochisi”, 2000-yilda “Samarqand davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan professor” unvoni hamda 2016-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//