Jamiyat
O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha 3 pog‘ona pastladi. Bu haqda Transparency International xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti xabar berdi.
Xalqaro tashkilot 2025-yil yakunlari bo‘yicha Korrupsiyani qabul qilish indeksini e’lon qildi. Bu safar reytingda 182 ta davlatning ko‘rsatkichlari keltirildi.
O‘zbekiston unda 31 ball bilan 124-o‘rinda turibdi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 1 ballga kamroq. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston bu indeksning 2016-yilgi hisobotida 21 ball bilan 156-o‘rinda joylashgandi.
Keyingi yillardagi o‘rinlar:
2017 yilda 157-o‘rin (22 ball);
2018 yilda 158-o‘rin (23 ball);
2019 yilda 153-o‘rin (25 ball);
2020 yilda 146-o‘rin (26 ball);
2021 yilda 140-o‘rin (28 ball);
2022 yilda 126-o‘rin (31 ball);
2023 yilda 121-o‘rin (33 ball);
2024 yilda 121-o‘rin (32 ball).
O‘zbekiston tushgan qatorda Belarus, Jibuti, Mo‘g‘uliston va Turkiya bir xil ball to‘plagan. Reytingda Daniya, Finlandiya va Singapur ilk o‘rinlarda yetakchilik qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyani qabul qilish indeksi O‘zbekiston rasmiylari muhim deb hisoblaydigan 15 reyting ko‘rsatkichidan biri (https://lex.uz/docs/7094864) hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111147
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74625
Jamiyat
//
Izoh yo‘q