Siyosat
Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan Prezident yig‘ilishida sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi. Navoiy va Zarafshon maktablarida ITga ixtisoslashgan sinflar ochilishi hamda Navoiyda tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi yo‘lga qo‘yilishi muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida viloyatda sanoat rivoji hududlar kesimida nomutanosib ekani qayd etilib, Nurota tumanida granit sanoat parki, qayta ishlash klasteri va pardozbop toshlar bozorini tashkil etish, Xatirchi tumanida kichik sanoat zonasini ishga tushirish hamda yuqori qiymatli loyihalarni joylashtirish kabi tashabbuslar ma’qullandi. Shuningdek, pardozbop toshlar ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.
Yangi loyihalar va sanoat quvvatlari uchun yetarli kadrlar tayyorlash maqsadida Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumida tog‘-kon va kimyo sanoati uchun kadrlar tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi maktablarda ITga ixtisoslashgan sinflar ochiladi. Buning uchun viloyatdan 100 nafar o‘qituvchi IT va SI (sun’iy intellekt) yo‘nalishlarida poytaxtda va xorijda malaka oshiradi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon filialida SI va kiberxavfsizlik yo‘nalishida kunduzgi ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Nurota tumanida “Naqshlar va nurlar” milliy kashtachilik markazini tashkil etish, Xatirchi tumanida “Langar” va “Angidon” mahallalarini turizmga ixtisoslashtirgan holda rivojlantirish, Nurota va Konimex tumanlaridagi 4 ta qishloqni turizm qishlog‘iga aylantirish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish, tayyorlanadigan kadrlar amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111147
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74625
Jamiyat
//
Izoh yo‘q