Jamiyat
Hukumatning “Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (47-son, 09.02.2026-y.) qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan, Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti negizida Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.
Markaz respublikadagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash boʻyicha yagona xizmat koʻrsatuvchi davlat muassasasi sanaladi.
– respublikada ishlab chiqarilgan va unga olib kirilgan, ishlash muddati tugagan yoki ishdan chiqqan radioaktiv manbalar bilan ishlash jarayonida hosil boʻlgan radioaktiv chiqindilarni saralash, qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash;
– radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va bu sohada ilmiy tadqiqot oʻtkazish;
– sohada raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini qoʻllash hamda tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini taʼminlash kabilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112087
Jamiyat
94773
Jamiyat
90804
Jamiyat
75605
Jamiyat
//
Izoh yo‘q