Buxoro va Sherozga oid asl miniatyura asarlari ilk bor jamoatchilikka taqdim etildi

Saqlash
14:57 / 10.02.2026 40 0

10-yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida XV–XVI asrlarga mansub, Buxoro va Sherozda yaratilgan asl miniatyura asarlar birinchi marta jamoatchilikka taqdim etildi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

 

Ushbu asarlar Buyuk Britaniya auksion uylari kolleksiyalaridan O‘zbekistonga olib kelingan noyob san’at yodgorligi sanaladi.

 

O‘rta asr miniatyura san’ati rivojida Temuriylar davri Renessansi katta o‘rin tutadi. Qo‘lyozmalarga ishlangan miniatyuralar nafaqat badiiy asar, balki tarixni o‘rganishda birlamchi va muhim manbalardan biri sifatida ham qadrlanadi.

 

1-surat: “Xusravning o‘limi” miniatyurasi Buxoroda, 1570-yil o‘rtalari Shayboniylar davrida yaratilgan bo‘lib, Abdullo Hotifiyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi eng dramatik lahzani tasvirlaydi.

 

2. “Yigit mahbubasiga she’r o‘qimoqda” miniatyurasi — XVI asr o‘rtalari Buxoro tasviriy san’at maktabining lirik qirrasini ochadi. Miniatyurada tasvirlangan yigitning mahbubasi oldida she’r o‘qishi sahnasi orqali Shayboniylar davri madaniy muhiti, adabiyot va she’riyatga bo‘lgan yuksak ehtirom aks etadi:

 

 

3. “Bahrom Chubin Savashohni o‘ldirmoqda” miniatyurasi esa butunlay boshqa ruhda yaratilgan. Safaviylar davriga, 1571-yilga mansub bu asar Sherozda, Behzod miniatyura maktabi an’analari asosida ishlangan. Unda tarixiy voqea — hokimiyat va kuch uchun kurash lahzasi nihoyatda dinamik tarzda berilgan. Qahramonlarning harakati, qurollar, otlar va keskin ranglar dramatik keskinlikni oshiradi. Qog‘ozda oltin bilan bo‘rttirib ishlangan tiniq ranglar, ikki karra oltin hoshiya va nasta’liq xatida bitilgan matn Behzod maktabiga xos yuksak kompozitsion madaniyatni ko‘rsatadi:

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//