Jamiyat
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 9-sinf qizga shilqimlik qilgan 51 yoshli erkak uch sutkaga qamalgani yuzasidan “Daryo” nashri sud hujjatlari bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 9-dekabr kuni Chinoz tumanida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan N. T. 9-sinf qizning maktabdan uyiga qaytayotganida yo‘lini to‘sib, undan qo‘l telefonini sozlab berishini so‘ragan.
Qizning orqasidan ergashib, uning qayerda yashashini, kimning qizi va ismi nima ekanligini bir necha bor so‘rab, kelin qilishini aytgan. Shundan keyin o‘quvchining chiroyli qiz ekanini ta’kidlab, yuzidan o‘pib qo‘yishini so‘ragan va shilqimlik qilgan.
Bundan qo‘rqqan jabrlanuvchi uyiga kirgach bo‘lgan voqeani onasiga aytgan. Shundan so‘ng ota-onasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Ayblanuvchi sud majlisida aybini tan olib, mast bo‘lgani sababli o‘zini boshqara olmaganini bildirgan.
9-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi N. T.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
111125
Jamiyat
94526
Jamiyat
90472
Jamiyat
74600
Jamiyat
//
Izoh yo‘q