Madaniyat
“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” multimediaviy ekspozitsiyasini amalga oshirgani uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro texnologik kompaniya Barco tomonidan nufuzli sohaviy mukofot bilan taqdirlandi.
Xabarga ko‘ra, loyiha madaniy makonda ilg‘or vizual yechimlarni integratsiya qilishning texnologik va badiiy jihatdan puxta ishlangan eng yaxshi namunalaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Ekspozitsiya keng ko‘lamli 3D mepping, immersiv shou va raqamli sahnalashtirishni uyg‘unlashtirib, tomoshabinda mintaqa tarixi va intellektual merosiga to‘liq sho‘ng‘ish effektini yaratadi.
Ma’lumot uchun, markaz buyurtmasiga ko‘ra, Rossiyaning Sila Sveta kompaniyasi tomonidan yaratilgan mepping shou 25 daqiqalik ijodiy ish bo‘lib, 47 ta yorug‘lik texnikalari, taxminan 100 nafar ijodiy va texnik mutaxassis hamda 50 nafar grafik dizaynerning mehnati mahsuli. Ushbu loyiha texnologik jihatdan murakkab bo‘lishi bilan birga markaz tomonidan taqdim etilgan tarixiy ma’lumotlar va ilmiy izohlar asosida shakllantirilgan.
Shouning eng kuchli ramzlaridan biri – Qur’oni karimning ochilish sahnasi, “Iqro” surasining yangrashi. Proyeksiya paytida bino devorlari shaffoflashib, nur markazga kirib keladi va muqaddas kitobning tarixdan kelajakka uzatilayotgan ma’rifat ramzi sifatida yangicha badiiy talqini namoyon bo‘ladi.
Shou markaziy e’tiborini inson va uning ilmiy merosiga qaratadi.
Hozircha mepping shou Xorazm portalida tajriba tarzida namoyish etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu hudud tanlanishi bejiz emas, chunki Xorazm qadimdan ilm, madaniyat va san’at markazi bo‘lgan. Tajriba davomida olingan kuzatuvlar va texnik natijalar asosida mepping shou yanada takomillashtiriladi.
Ushbu mepping shou tomoshabinlarga tarixni his qilish, o‘z tarixini anglash va madaniyatimiz boyligini zamonaviy talqinda ko‘rish imkonini beradi. Loyiha tarix va texnologiyani uyg‘unlashtirgan holda markaz uchun yangi innovatsion bosqich sifatida baholanmoqda va kelajakda yana bir qator yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111114
Jamiyat
94524
Jamiyat
90471
Jamiyat
74585
Jamiyat
//
Izoh yo‘q