Madaniyat
Bugun, 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Navoiy va Sharq renessansi” mavzusida V an’anaviy xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ilmiy anjuman Milliy bog‘dagi Alisher Navoiy haykaliga gul qo‘yish marosimidan so‘ng boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mehmonlar buyuk mutafakkir ijodining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi.


.jpg)
Anjuman davomida “Navoiy izdoshlari” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.
Shuningdek, simpozium doirasida sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi.


Unda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston va boshqa davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91357
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q