Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi (foto)

Saqlash
15:09 / 09.02.2026 43 0

Bugun, 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Alisher Navoiy ijodiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, shoirning g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalar va maqom kuylari ijto etildi.

 

 

 

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiyoti, Navoiy dahosining jahon miqyosidagi e’tirofi haqida gapirdi. Jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorliklar hamda 2025-yilda O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali barpo etilgani haqida aytildi, Alisher Navoiyning Italiyada tarjima qilinib chop etilgan asarlari haqida ma’lumot berildi.

 

 

Shundan so‘ng davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishga taklif etildi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//