Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi tomonidan qurilish sohasiga oid murojaatlar asosida 22,1 mlrd so‘m fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘mitaga ko‘p kvartirali uylardan xonadon xaridi bo‘yicha 1 700 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan va shundan 76 foizi ijobiy hal qilingan.
Murojaatlarning asosiy qismi uylarning ta’mir sifati (42,9 foiz) va kommunikatsiya tarmoqlari (40,8 foizi) bilan bog‘liq bo‘lib, 16,3 foizi uylarni o‘z vaqtida topshirilmasligiga to‘g‘ri kelgan.
Ta’kidlanishicha, qo‘mita tomonidan 130 ga yaqin quruvchi–iste’molchi shartnomalari o‘rganilganda aksariyat shartnomalarda qayta hisob-kitob mexanizmi, obektni topshirish muddati, kechiktirish uchun penya, kafolat muddati va nuqsonlarni bartaraf etish majburiyatlari belgilanmagan.
Shartnomani bekor qilish masalasida ham kamchiliklar kuzatilib, aksar holatlarda faqat quruvchi manfaatlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, shartnoma bekor qilinganda xaridorga to‘lovni qaytarish muddatlari asossiz ravishda 30–180 kundan tortib, 24–36 oygacha etib belgilangan.
Bundan tashqari, ayrim holatlarda “Agent” yoki “Tijorat vakili” orqali tuzilgan shartnomalarda qurilishga mas’ul quruvchi tomonidan shartnoma imzolanmay rasmiylashtirilgani aniqlangan.
“Tabiiyki, shartnomadagi bu kabi qonunbuzilish holatlari va mavjud kamchiliklar iste’molchilarning huquqlari buzilishiga olib keladi va majburiyatini bajarmagan “Quruvchi”ga esa hech qanday huquqiy jihatdan javobgarlik belgilanmaydi”, deyiladi xabarda.
Shu qatorda, qo‘mita tomonidan 120 ta turar joy majmuasi bo‘yicha berilgan reklama holati o‘rganilib, ruxsat hujjatlarisiz va elektron ro‘yxatga kiritilmagan bir qator obektlar reklama qilingani aniqlangan va qurilish kompaniyasi hamda reklama beruvchilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan va qonunbuzilish holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Ruxsat hujjatlariga ega bo‘lmagan qurilish obektlarini reklama qilmaslik yuzasidan esa OAV va reklama sohasi agentliklariga ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Mazkur tahlillar asosida ishlab chiqilgan takliflar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalariga taqdim etilgan.
“Hurmatli fuqarolar, Raqobat qo‘mitasi ko‘p kvartirali uylardan xonadon xarid qilishda shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqishingiz va ularning reklamasida berilayotgan ma’lumotlarni aniq manbalardan: elektron ro‘yxat va “Shaffof qurilish” tizimida mavjudligini ochiq manbalardan tekshirib ko‘rishingizni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
111105
Jamiyat
94523
Jamiyat
90469
Jamiyat
74576
Jamiyat
//
Izoh yo‘q