Hafta davomida ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

Saqlash
11:47 / 09.02.2026 62 0

O‘zgidromet 10–14-fevral kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10–13-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 11-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Harorat 10-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi -2° sovuq– +3° iliq, +2– +7° iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +8– +13° iliq; 11-fevralda (har ikkala hudud uchun) kechasi -5– -10° sovuq, kunduzi 0– -5° sovuq bo‘ladi; 12–14-fevralda kechasi -3° sovuq– +2° iliqqacha, kunduzi +5– +10° iliqqacha ko‘tariladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 12-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 10 fevral kuni ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Harorat 10-ferval uni kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +12– +17° iliq; 11-12-fevralda +3– +8° iliq, 13-14-fevralda +5– +10° iliq, kunduzi 11-fevralda +7– +12° iliq, 12-13-fevralda +10– +15° iliq, 14-fevralda +13– +18° iliq bo‘ladi.

 

Navoiy viloyati shimolida 11-fevralda kechasi -5– -10° sovuq, kunduzi 0– -5° sovuq bo‘ladi; 12–14-fevralda kechasi -3° sovuq– +2° iliqqacha, kunduzi +5– +10° iliqqacha ko‘tariladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 10-fevralda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Harorat 10-fevral kuni kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +12– +17° iliq; 11-12-fevralda kechasi +3– +8° iliq, kunduzi +8– +13° iliq; 13-fevralda kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +10– +15° iliq; 14-fevralda kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +12– +17° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 12-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 10-fevral kuni ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Harorat 10-fevral kuni +7– +12° iliq, kunduzi +14– +19° iliq; 11-fevralda kechasi +5– +10° iliq, kunduzi +10– +15° iliq; 12-13-fevralda kechasi +7– +12° iliq, kunduzi +13– +18° iliq; 14-fevralda kechasi +7– +12° iliq, kunduzi +15– +20° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi +2– +7° iliq, kunduzi 10-fevral kuni +10– +15° iliq, 11–13-fevralda +7– +12° iliq, 14-fevralda +10– +15° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 11-12-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Harorat 10-fevral kuni kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +2– +7° iliq; 11-fevralda kechasi va kunduzi -3° sovuq– +2° iliq, 12-fevralda kechasi 0– -5° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq; 13-14-fevralda kechasi -2° sovuq– +3° iliq, kunduzi +2– +7° iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//