Toshkentda ayrim bog‘chalar “karantin”ga yopilyaptimi?

Saqlash
09:21 / 09.02.2026 65 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “karantin” joriy etilishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi.

 

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotgan turli kasalliklar (qizamiq, meningit, gepatit, sil va boshqalar) bo‘yicha karantin e’lon qilinishi zaruratini keltirib chiqaradigan holatlar mavjud emasligini ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, har yili qishki mavsumda gripp va O‘RVI bilan kasallanish holatlari aholida mavsumiy ravishda ko‘payadi.

 

Shu sababli ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida ertalabki filtr (saralash) ishlari — tana haroratini o‘lchash, kasallik belgilari bor bolalarni vaqtincha ajratish, ota-onalarga tavsiyalar berish kabi profilaktik choralar olib boriladi.

 

Munosabatda aytilishicha, ayni shu filtr jarayonlari ayrim fuqarolar tomonidan “karantin” sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan.

 

Boshqarma fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni, faqat rasmiy manbalar orqali beriladigan ma’lumotlarga tayanishni so‘ragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//