Siyosat
“Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.
Marosimda ushbu nufuzli mukofot ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi hamda O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.
O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSh Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111594
Jamiyat
94637
Jamiyat
90622
Jamiyat
75090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q