Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Saqlash
12:52 / 06.02.2026 12 0

“O‘zgidromet” 78-fevral kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Shanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati juma kuni kunduzi 1-6 daraja iliq, shimolda 2-7 daraja sovuq bo‘lsa, shanba kuni kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 7-12 iliqqacha ko‘tariladi.

 

Yakshanba kuni ham asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6 va 8-fevral kunlari ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//