Burj Xalifa dunyodagi eng baland bino unvonini yoʻqotmoqda

Saqlash
11:54 / 06.02.2026 17 0

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida taklif qilingan mega-loyihada balandligi 2000 metrga yetadigan Rise Tower inshootini qurish rejalashtirilgan. Time out Dubai nashri bino qurib bitkazilgandan soʻng, dunyodagi eng baland binoga aylanishi va Burj Xalifadan ikki barobar balandroq boʻlishi haqida xabar berdi.

 

Dubayning ramzi boʻlgan Burj Xalifa 828 metrga teng boʻlsa, Saudiya Arabistoni loyihasi 2000 metrga moʻljallangan. Saudiya Arabistoni shuningdek, Jidda shahrida 1 km balandlikdagi minora qurishni rejalashtirmoqda, bu esa baland binolar reytingida Burj Xalifadan ham oʻzib ketishini anglatadi.

 

Rise Tower 678 qavatdan iborat boʻlib, unda hashamatli mehmonxonalar, yuqori darajadagi restoranlar, atrofni kuzatish uchun panoramali maydonchalar hamda zamonaviy biznes markazlari joylashadi. Bu Shimoliy qutbni rivojlantirish deb nomlangan 306 kvadrat kilometrlik “Kelajak shahri” bosh rejasining asosiy qismi boʻladi.

 

Ushbu osmonoʻpar bino Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning shimoliy qismidagi Vision 2030 dasturining asosiy qismiga aylanishi kutilmoqda.

 

 

Ushbu dastur Saudiya Arabistonining neftga qaramligini kamaytirish, iqtisodiyotini xilma-xillashtirish hamda davlat sogʻliqni saqlash, taʼlim, infratuzilma, dam olish va turizmni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib,qirollikning sayyohlik jozibadorligini oshirish va shahar infratuzilmasini zamonaviylashtirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//