Temuriylar davriga oid, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan asl yozma manbalar nusxalari O‘zbekistonga olib kelinadi

Saqlash
09:20 / 06.02.2026 39 0

Prezident Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlashga oid qarorni imzoladi.

 

Qayd etilishicha, qarorda Amir Temur asos solgan Ikkinchi Uyg‘onish davrining milliy va umuminsoniy mohiyati, yosh avlodni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o‘rni va ta’sirini inobatga olib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish asosiy maqsad deb olinadi.

 

Joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlanadi. Bundan tashqari, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi va umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchilar va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.

 

Shuningdek, temuriylar davri tarixini tizimli o‘rganish va ilmiy natijalarni keng targ‘ib etish bo‘yicha 2030-yilgacha quyidagilar amalga oshiriladi:

 

“Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matni fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etiladi;

 “Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratiladi;

Temuriylar davriga oid, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan asl yozma manbalar nusxalarini O‘zbekistonga olib kelinadi;

“Tirik tarix” loyihasi asosida suratga olingan, Amir Temur saltanatining Yevropa davlatlari bilan diplomatik va elchilik aloqalari yoritib berilgan tarixiy-badiiy va hujjatli filmlarni Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy mamlakatlarda namoyish etiladi;

Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratiladi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil yakuniga qadar dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda, Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//