Siyosat
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bosh vazir Shahboz Sharif davlat rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.

Qayd etilishicha, ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berildi.
Marosimda Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

1991-yilda tashkil etilgan Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlash hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlarni olib borish kabi yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan.

Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111611
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75106
Jamiyat
//
Izoh yo‘q