Jamiyat
Ispaniya hukumati 16 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni rejalashtirmoqda. Endi platformalar foydalanuvchilar yoshini qat’iy tekshiradigan samarali mexanizmlarni joriy etishi majburiy hisoblanadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches 3-fevral kuni BAAda bo‘lib o‘tgan yetakchilar sammitida ma’lum qildi.
“Farzandlarimiz hech qachon yolg‘iz qolish uchun mo‘ljallanmagan makonga tushib qolishmoqda. Qaramlik, zo‘ravonlik, pornografiya, manipulyatsiya va shafqatsizlik maydoni. Biz bunga ortiq toqat qilmaymiz. Ularni raqamli “Yovvoyi G‘arb”dan himoya qilamiz”, — dedi Sanches.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy platformalar “shunchaki galochka emas”, balki yoshni tekshirishning samarali tizimlarini joriy etishga majbur bo‘ladi.
Qayd etilishicha, taklif etilayotgan taqiq voyaga yetmaganlarning raqamli himoyasi to‘g‘risidagi amaldagi qonunga o‘zgartirishlar doirasida qabul qilinadi. Qonun loyihasining muhokamasi kelgusi haftada boshlanishi rejaga kiritilgan.
Shuningdek, Ispaniya hukumati ijtimoiy tarmoqlar rahbarlarining noqonuniy yoki nafrat uyg‘otuvchi kontentni o‘chira olmagani uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi qonunlarni qabul qiladi.
Sanches, shuningdek, Ispaniya transchegaraviy tartibga solishni muvofiqlashtirish va unga rioya etilishini ta’minlash uchun Yevropaning yana beshta davlati — “raqamli texnologiyalarga tayyor bo‘lganlar koalitsiyasi”ga qo‘shilganini aytdi. Sanches gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq koalitsiya yaqin kunlarda uchrashuv o‘tkazishini qayd etdi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111032
Jamiyat
94508
Jamiyat
90450
Jamiyat
74497
Jamiyat
//
Izoh yo‘q