Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar, sinf jurnallari joriy etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu xabarlar huquqiy asosga ega emasligini ma’lum qildi.
“Tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emas. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimiz maktablariga an’anaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish bo‘yicha topshiriq berilmaganligini ma’lum qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganligini alohida ta’kidlab o‘tamiz”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Davlat rahbarining 2018-yil 5-sentyabrdagi qarori hamda 2019-yil 29-apreldagi farmoniga asosan ayni vaqtda mamlakatdagi mavjud barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining davomati va fanlarni o‘zlashtirish baholari “eMaktab” elektron jurnal tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda.
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi bundan ko‘zlangan maqsad, o‘qituvchilardagi ish yuklamasini kamaytirish, o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdan iboratligini bildirib, bu jarayon xalqaro tajribada ham o‘zini oqlaganini qayd etdi. Ayni paytda ota-onalar uchun e-maktab.uz platformasining bir kalendar yillik obuna narxi 5000 so‘mni tashkil etadi hamda bu miqdor yildan yilga kamayib bormoqda.
Vazirlikka ko‘ra, mazkur tizim joriy etilishi natijasida ota-onalarning o‘z farzandlarining darslarni o‘zlashtirish darajasini masofaviy kuzatish imkoniyati yaratilib, o‘quvchilarni baholashda shaffoflik ta’minlanib kelinmoqda. Shuningdek, pedagoglar faoliyatiga doir turli qog‘ozbozliklarning kamayishiga erishildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111031
Jamiyat
94508
Jamiyat
90450
Jamiyat
74495
Jamiyat
//
Izoh yo‘q