Jamiyat
Bugundan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi — an’anaviy bosqichi boshlandi. Endi xonadonma-xonadon yurib ro‘yxatga olish jarayonlari rasman davom etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikkinchi bosqich doirasida 2026-yilning 4–28-fevral kunlari ro‘yxatga oluvchilar, ya’ni mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ishtirok etmagan yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadi.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga oluvchilar xizmat beydjigi bilan faoliyat yuritadi. Zarur hollarda shaxsni QR-kod orqali tekshirish mumkin. Murojaatlar uchun 1851 qisqa raqami ishlaydi.
Yig‘ilayotgan ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq faqat statistik maqsadlarda qo‘llaniladi.
Shuningdek, jarayonning shaffof va tartibli o‘tishi uchun ro‘yxatga oluvchilarning harakatlari GPS orqali kuzatib boriladi. Agar ma’lumotlar xato yoki kamchiliklar bilan kiritilsa, yoki registrator belgilangan qoidalarga amal qilmasdan, xonadonga bormasdan savolnomani to‘ldirsa, bunday ma’lumotlar tizim tomonidan qabul qilinmaydi va registrator planshetiga avtomatik ogohlantirish yuboriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111031
Jamiyat
94508
Jamiyat
90450
Jamiyat
74494
Jamiyat
//
Izoh yo‘q