Jamiyat
“O‘zgidromet” 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi. Xabarda keltirilishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi: Hodisa quyidagi hududlarda kuzatiladi:
– Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
– Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
– Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
– Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
– Namangan viloyati Pop tumanida.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91357
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q