Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlaridan kamida 15 million O'zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilib, Dark Webga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda Aholini ro‘yxatga olish tizimi hakerlar tomonidan buzilgani va tegishli ma’lumotlar tarqalib ketgani aytiladi.
.jpg)
Tarqalgan maʼlumotlarda fuqarolarning shaxsiy suratlari ham aks etgan.
Statistika qoʻmitasi hakerlar census.stat.uz saytiga hujum qilgani, biroq maʼlumotlarni olib chiqib ketolmagani aytib, “havotiga oʻrin yoʻq”ligini taʼkidlagan. Shuningdek, 2026-yilning 15-31-yanvar kunlari onlayn shaklda oʻtkazilgan Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishda toʻplangan barcha maʼlumotlar, alohida serverda shifrlangan holda xavfsiz saqlanayotganini maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, roʻyxatga olish jarayonida hech bir fuqaroga tegishli fotosurat olinmagan va maʼlumotlar bazasiga rasm yuklanmagan. Maʼlumotlar milliy axborot xavfsizligi talablariga muvofiq qatʼiy muhofaza ostida saqlanmoqda va tashqi manbalar orqali sizib chiqishi ehtimoli mavjud emas.
Kiberxavfsizlik markazi mazkur holat boʻyicha oʻrganishlar olib borilayotgani va holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishini qayd etgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111007
Jamiyat
94504
Jamiyat
90439
Jamiyat
74470
Jamiyat
//
Izoh yo‘q