Ilm-fan
Avstraliya Milliy Universitetining bir guruh olimlari bolalikda uyda kitob javonining bo‘lishi insonning intellektual qobiliyatlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o‘rganishdi.
Tadqiqot davomida 31 ta davlatdan kelgan 160 ming nafar katta yoshli kishilarning ma’lumotlari o‘rganib chiqilgan. Jumladan, ulardan 16 yoshli paytlarida uylarida taxminan qancha kitob bo‘lgani so‘ralgan.
Natijaga ko‘ra, uyda kamida 80 ta kitobning bo‘lishi kelajakda bolaning savodxonlik darajasini o‘rtacha ko‘rsatkichgacha ko‘taradi, ya’ni bunday odamlarda o‘qish va hisoblash layoqati o‘rtacha darajada bo‘ladi. Aksincha, uyda kitob(yoki kutubxona) bo‘lmasa, bu bolaning kelgusida o‘qish va yozishda pastroq natijalar ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, eng yuqori yutuqlarga erishgan respondentlar bolalikda uyida taxminan 350 ta kitob bo‘lganini ta’kidlashgan. Demak, uyda ko‘p kitob bo‘lishi bola aqliy salohiyatini o‘stiradi.
Biroq bu hayratlanadigan tomoni emas. Qizig‘i, kitoblar qurshovida yashagan, ammo faqatgina maktab ta’limi bilan cheklangan respondentlarning savodxonlik darajasi uyida kutubxonasi bo‘lmagan, lekin kelajakda oliy ta’lim olgan bitiruvchilarniki bilan deyarli bir xil bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, uydagi kutubxona qisman bo‘lsa-da kishining intellektual salohiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, uyda kitoblarning ko‘p bo‘lishi bolani o‘qishga va bilim olishga undaydi. Keyinchalik unda ko‘plab foydali ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bu – bola faqatgina ko‘p kitob o‘qishi emas, kitobxonlik muhitida ulg‘ayishi ham kerak degani. Chunki kitoblar ichida ulg‘ayish bolalarda fikrlash, o‘qish va boshqa bilimlarni chuqur o‘rganishga yordam beradi.
Madaniyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110991
Jamiyat
94499
Jamiyat
90433
Jamiyat
74452
Jamiyat
//
Izoh yo‘q