Hafta davomida yana qor yog‘ishi kutilmoqda

Saqlash
12:06 / 02.02.2026 66 0

O‘zgidromet 6-fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +11– +16 daraja iliq atrofida, shimolda +3– +8 daraja iliqqacha bo‘ladi.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu hafta davomida beqaror ob-havo kuzatiladi, bunday ob-havo Turkmanistondan nam havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2-3-fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni kechalari +5– +10 daraja iliq, kunduz kunlari +13– +18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

 

Juma kuni esa vaziyat o‘zgaradi, O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga respublika bo‘yicha 6-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat kun davomida pasayadi, kechasi va kunduzi +1– +6 daraja iliq; shimolda kechasi -7– -12 daraja sovuq, kunduzi 0– -5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 2-3-fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Toshkent shahrida bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi, 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +13– +15 daraja iliq bo‘ladi.

 

3-fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7– +9 daraja iliq, kunduzi +13– +15 daraja iliq bo‘ladi.

 

4-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5– +7 daraja iliq, kunduzi +16– +18 daraja iliq bo‘ladi.

 

5-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7– +9 daraja iliq, kunduzi +13– +15 daraja iliq bo‘ladi.

 

6-fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi +1– +6 daraja iliq bo‘ladi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//