Madaniyat
“Asia Records” xalqaro reyting tashkiloti O‘zbekistonni YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Osiyodagi eng ko‘p tarixiy shaharlar va islomiy ziyoratgohlar mamlakati sifatida qayd etdi.
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan roud-shouda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillariga mazkur e’tirof namunasi sifatida maxsus diplom topshirilgan.
Xabarga ko‘ra, tadbir doirasida yurtimiz sayyohlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan sayyohlik yo‘nalishlari va “Umra +” dasturi bo‘yicha ziyorat safarlari uchun kompleks paketlar taqdim etilgan. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi vakillari Malayziyadan kelgan yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va qulay tranzit almashinuvi haqida ma’lumot bergan.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
Sport
110984
Jamiyat
94498
Jamiyat
90431
Jamiyat
74447
Jamiyat
//
Izoh yo‘q