Jamiyat
Pensiya jamg‘armasining ma’lum qilishicha, jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar to‘lov topshiriqnoma(vedomost)larni shakllantiradi. Mazkur vedomostlar esa pensiyani fuqarolarga yetkazib berish yuklatilgan tashkilotga oyning 4-kuniga qadar taqdim etiladi.
Ta’kidlanishicha, Prezident qarori bilan, pensiya to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.
Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar orqali har oyning 4–27-sanalarida mahalla fuqarolar yig‘ini(MFY)ga borgan holda to‘lab beriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamg‘arma tomonidan fevral oyi uchun pensiya fuqarolarning bank plastik kartasiga 5-fevralgacha, naqd pul shaklida esa 4–27-fevral sanasiga qadar to‘lab berilishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
111419
Jamiyat
94599
Jamiyat
90562
Jamiyat
74910
Jamiyat
//
Izoh yo‘q