Jamiyat
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Fidoyi qutqaruvchi” medalini taʼsis etish toʻgʻrisidagi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Qayd etilishicha, “Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 10 baravari (4 million 120 ming soʻm) miqdoridagi bir martalik pul mukofotiga ega boʻladi.
Medal 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Medalning oʻrtasida sariq aylana ichida yosh bolani yongʻindan qutqarib olib chiqayotgan qutqaruvchi ramzi va uning orqasida bino sodir boʻlgan yongʻin tasvirlangan boʻlib, uning yuqori qismida “Fidoyi qutqaruvchi” deb yoziladi.
Quyidagilar “Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan taqdirlanishi mumkin:
- uzoq yillar davomida oʻz hayotini xavfga qoʻygan holda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulklarini qutqarishda shaxsan ishtirok etgan yoki qutqaruv ishlarida fidoyi qatnashgan FVV va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari;
- xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarda yuz bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarida faol ishtirok etgan idora va tashkilotlar vakillari, koʻngilli qutqaruvchilar;
- alohida hollarda tezkor saʼy-harakatlari natijasida birinchi yordam koʻrsatish yoki insonlarning hayotini asrab qolish, shuningdek, fuqarolarning halok boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ofatlarning oldini olishda jasorat namunasini koʻrsatgan Oʻzbekiston va chet el fuqarolari;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda alohida jonbozlik koʻrsatgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari, mutaxassislari va qutqaruvchilari.
Shuningdek, yuqorida koʻrsatilmagan boshqa shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110957
Jamiyat
94492
Jamiyat
90421
Jamiyat
74430
Jamiyat
//
Izoh yo‘q