Jamiyat
Toshkent metropolitenida to‘lov tizimida shaffoflikni ta’minlash, kassalar oldida yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish va yo‘lovchilarga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida kassalarni bosqichma-bosqich yopish, shu bilan birga, yanada qulay to‘lov tizimi yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Mazkur jarayon doirasida yana jami 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopilishi rejalashtirilgan bo‘lib joriy yilning 1-fevral sanasidan boshlab ketma-ketlikda o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda kassalar o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatilishi belgilangan.
Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda.
Hozirda yo‘lovchilar uchun:
- bank kartalari orqali to‘lov,
- transport kartalari orqali to‘lov,
- yuzni tanib olish (Face ID),
- kaft orqali to‘lov (Palm pay),
- mobil ilovalar orqali to‘lov kabi 10 dan ortiq zamonaviy va qulay to‘lov usullaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Xabarda shuningdek, Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga qulay, tezkor va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettirishi qayd etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111955
Jamiyat
94698
Jamiyat
90701
Jamiyat
75460
Jamiyat
//
Izoh yo‘q